Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit- turk” asaridagi ayrim so‘zlarning o‘zbek shevalarida saqlanishi

Authors

  • G‘aybulla Boboyorov

Keywords:

o‘zbekcha, Mahmud Koshg‘ariy, “b” undoshi, turkiy tillar, eski turkcha, tub turkiy so‘zlar, sheva.

Abstract

Maqolada Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” (Turkiy so‘zlar devoni) asarida tilga olingan “b” undoshi bilan boshlanuvchi bir necha o‘nlab so‘zlarning o‘zbek tili va shevalarida qay ko‘rinishlarda saqlanib qolgani yuzasidan so‘z yuritiladi. Ayniqsa, “Devon”da uchraydigan “b” undoshi bilan boshlanuvchi 70 ga yaqin so‘z asarning o‘zbekcha o‘girmalarida yetarlicha ochiqlanmagani aytib o‘tilib, ularning o‘zbek adabiy tili va shevalarida eski turkcha bilan deyarli birday ko‘rinishda saqlanganiga urg‘u beriladi. Shuningdek, ayrim eski turkcha so‘zlarning o‘qilishi va ochiqlamalari bilan bog‘liq tortishuvlarga aniqlik kiritish ko‘zda tutiladi.

Downloads

Published

2024-08-01