San’atga aylangan taxallus

DOi 10.52773/tsuull.gold.2020.1/MXBN6320

Authors

  • Abdulhamid Qurbonov

Keywords:

Navoiy, tanosub, navo, kuy, sayrash, benavo, ishq, hajr

Abstract

Maqolada “Navoiy” taxallusi va unga asos bo‘lgan “navo” so‘zlari
oʻrtasidagi munosabat haqida so‘z yuritilgan. Taxallus ulug‘ shoir uchun
nafaqat adabiy nom, shu bilan birga, beqiyos poetik iqtidorini namoyon
qilish uchun alohida imkoniyat ham bo‘lgan. U o‘z yuksak san’atkorlik
mahoratini bu sohada ham, Bobur ta’biri bilan aytganda, “barchadan ko‘p
va xo‘b” namoyish qilgan shoir. “Xamsa”, ayniqsa, “Xazoyin ul-maoniy”
tarkibida Navoiy taxallusi bilan yaratilgan yuzlab yetuk va betakror baytlar
bor. Bu baytlar “navo” yoki “Navoiy san’ati” deb atash mumkin bo‘lgan
yangi va alohida bir san’atning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Mazkur
san’at asosida ham ulug‘ shoirning yuksak badiiylik haqidagi qarashlari
yotadi. Shoirning uqtirishicha, har bir asar mukammal tanosub asosiga
qurilishi, badiiylik unsurlari o‘zaro, shuningdek, asar g‘oyaviy mazmuni
bilan shakl va ma’no jihatidan aloqador bo‘lishi lozim. Maqolada shoir
g‘azallaridan keltirilgan qator baytlar tahlili orqali “Navoiy” va “navo”,
“benavo”, “navoe” so‘zlariga jo bo‘lgan badiiy, tasavvufiy ma’nolar, bu
so‘zlar vositasi bilan yaratilgan bemisl poetik san’atlar koʻrsatib berilgan.

Published

2021-10-28