Ogahiy tarixiy asarlari so‘z boyligida o‘zlashma qatlamning o‘rni

DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/MJSU3816

Authors

  • Hamidulla Dadaboyev

Keywords:

o‘zbek adabiy tili, Xiva xonligi, so‘z o‘zlashtirish, ekstralingvistik omil, terminologik tizim

Abstract

Mumtoz o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Ogahiy
tomonidan 1825–1874-yillarda Xiva xonlari tarixiga bag‘ishlab bitilgan
“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani
davlat” va “Shohid ul-iqbol” asarlarida xonlik hududida yashagan o‘zbek,
turkman, qozoq, qoraqalpoq millatlarining ijtimoiy-maishiy turmush
tarzi, xonlikning Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi, Eron, Hindiston,
Afg‘oniston, Rossiya davlatlari bilan o‘rnatgan turfa munosabatlari, o‘zaro
to‘qnashuvlar, savdo-sotiq aloqalari, norozilik qo‘zg‘olonlari, xalqlarning
mentaliteti, urf-odatlari keng yoritilishi qatori, davr o‘zbek adabiy tilining
leksik boyligi, sintaktik qurilishi o‘z ifodasini topgan. Ogahiy asarlari
so‘z boyligida ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ma’naviy, diniy, ilmiyma’rifiy va boshqa terminlar sistemasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu
terminologik tizimni shakllantirishda asl o‘zbek(turk)cha qatlam kabi
arab, fors-tojik, mo‘g‘ul, xitoy va qisman, rus tilidan kirib kelgan istilohlar
muhim rol o‘ynagan. Mazkur maqolada Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga
doir asarlarida qayd etilgan o‘zlashma qatlam tarkibida juda qadimdan
turkiy (o‘zbek) tilida faol ishlatilgan istilohlarning fonetik va semantik
qurilishiga diqqat qaratildi, soha terminologiyasi tizimidagi muayyan
tilning o‘rni, maqeyini belgilashda lingvistik va ekstralingvistik omillar
hisobga olindi.

Published

2021-10-28