Munozara janri tarixi va takomili

Authors

  • Olmosxon Abdurahmonova

Keywords:

munozara, adabiy manba, qo‘lyozma, adabiy janr, she’riyat, janr, qiyosiy tahlil

Abstract

Maqola badiiy adabiyotda munozara janrining taraqqiy etish tadriji
va takomiliga bag‘ishlangan. Shuningdek, munozara so‘zining ma’nosi
va u qanday vazifani bajaradi, adabiyotshunoslikda o‘rni qanday degan
savollarga javob beradi. Munozara atamasining izohli hamda ensiklopedik
lug‘atlarda qanday ma’nolarda kelishiga qarab ular turlarga ajratib
izohlangan.
Olimlarning munozara janriga bildirgan fikrlari umumlashtirilib
yaxlit xulosaga kelingan. Maqolada, shuningdek, munozaraning yaratilish
tarixi yoritilgan. G‘arb va sharq xalqlari adabiyoti qiyosiy o‘rganilib,
mulohazalar ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Ya’ni munozara ilk yozuv
paydo bo‘lgan Mesopotamiya svilizatsiyasi Shummer-akkad davrdan
to hozirgi kunga qadar mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani to‘g‘risida ilmiy
dalillar asosida yoritilgan. Bundan tashqari munozara arab adabiyotida
yuzaga kelgan bo‘lsa-da, fors-tojik adabiyotida yuksak pog‘onalarga
erishgani yoritilgan. Buning ilk namunasi sifatida qadimgi yozma yodgorlik
“Draxti Asurik” (Echki bilan Palma daraxti) o‘rtasidagi bahs va undan
keyingi davrlardagi munozaralar misol tariqasida yoritilgan.
O‘zbek mumtoz adabiyotidagi munozara janri, asosan, ikki turga
boshqa adabiy janrlar tarkibiy qismi sifatida va mustaqil janr sifatida
bo‘lib o‘rganilgan. Bu esa munozara janri taraqqqiyotiga sezilarli ta’sirini
o‘tkazgan.
Adabiy aloqalar xalqlarning madaniy aloqalari kabi qadimiydir.
Ularning ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-madaniy shart-sharoitlari, urf-odatlari,
adabiy aloqalari etnik tarkib jihatdan umumiy bo‘lgan. Ushbu xalqlar
adabiyotini o‘rganar ekanmiz ular orasida munozara janrida barakali
ish olib borganliklarini guvohi bo‘lamiz. Shu jumladan, Ozarbayjon, Turk
xalqlari adabiyotida munozara janri bo‘yicha qilingan ishlar alohida
ahamiyatga ega.

Published

2021-10-28