“Iskandarnoma”larning nasriy manbalari xususida

Authors

  • Ozoda Tojiboyeva

Keywords:

doston, nasr, nazm, folklor, qissa, tarjima, kitobxon, davr

Abstract

Maqolada Sharq va G‘arb adabiyotida eng ko‘p ishlangan
obrazlardan biri – Iskandar obrazining badiiy adabiyotdagi talqinlariga
e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy”
dostoni va uning XVII – XIX asrlar yozma va og‘zaki adabiyotga ko‘rsatgan
ta’siri ko‘rib chiqilgan. “Iskandarnoma” nomidagi nasriy talqinlar, tarjima
asarlar va xalq og‘zaki ijodi uslubida yaratilgan mustaqil qissalar birlamchi
manbalar misolida tahlilga tortilgan. Navoiyning “Saddi Iskandariy”
dostoni va uning “Iskandarnoma” nomli nasriy bayoni, forsiy tildan
qilingan tarjima, o‘zbek tilida yaratilgan mustaqil qissa “Iskandarnoma”lar
alohida xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanib, ta’riflangan. Dunyo adabiyotida
talqin etib kelinadigan bahstalab o‘rinlar, lavhalardagi fikrlarga munosabat
bildirilgan. “Shohnomayi turkiy”ning o‘zbek tilidagi “Iskandarnoma”lar
yaratilishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgani sujetlar asosida qiyosiy
tahlil qilingan.

Published

2021-10-28