Olti devon muqoyasasi (“Badoyi’ ul-bidoya”ning yangi topilgan Tehron nusxasi asosida)

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/DWEK5314

Authors

  • Muhammadjon Imomnazarov

Keywords:

Alisher Navoiy, qiyos, devon, tasnif, qo‘lyozma, matn, g‘azal.

Abstract

Alisher Navoiy hayoti va ijodini tadqiq etish, asarlari mazmunini yoritish hamisha mashaqqatli va dolzarb vazifa. Shubhasiz, bunday ulkan vazifani matnshunoslik va manbashunoslikka oid tadqiqotlarsiz bajarib bo’lmaydi. Alisher Navoiy – asarlarining qo’lyozmalari bugungi kunga qadar deyarli to’liq yetib kelgan kam sonli ijodkorlardan hisoblanadi. Lekin Navoiy asarlari matni hanuz mukammal bir holga keltirilgan emas. Xususan, bugungi kunda Alisher Navoiy lirik merosining matnshunoslik tadqiqini amalga oshirish dolzarbligini saqlab turibdi.
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning olti devoni: “Ilk devon”, “Oqquyunli muxlislar devoni”, “Badoyi’ ul-bidoya”ning ilk protodevoni bo‘lgan Parij nusxasi, shoir hayotligida ko‘chirilgan va bizga ma’lum oxirgi variant bo‘lmish Toshkent nusxasi, “Navodir un-nihoya”ning Abdujamil kotib ko‘chirgan (“Mukammal asarlar to‘plami”ning 2-jildi sifatida nashr etilgan) nusxasi hamda yangi topilgan Tehron nusxasi qiyosiy tahlil etilgan. Mazkur devonlarning tarkibi va tuzilishi muqoyasa qilinib, zarur xulosalar chiqarilgan va Navoiy lirikasini davrlashtirishga oid qarashlarga munosabat bildirilgan.

Downloads

Published

2023-05-12