“Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plamida Mutrib she’rlari

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZJJH2982

Authors

  • Sohiba Madirimova

Keywords:

qo‘lyozma, majmua, masnaviy, g‘azal, she’r, muxammas, manba.

Abstract

“Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzshohiy” to‘plami Xorazm adabiy muhiti ijodkorlari lirik asarlarini o‘zida jamlagan yirik manba hisoblanadi. Majmua shoh farmoniga binoan XIX asrning ikkinchi yarmida Tabibiy tomonidan tuzilgan. Unda Tabibiyga zamondosh bo‘lgan ijodkorlar she’rlaridan ham namunalar kiritilgan. O‘z davri adabiy muhiti haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi mazkur manba hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti asosiy fondida 1134-raqami bilan saqlanadi. Majmuaning boshqa majmualardan farqi muxammas janridagi she’rlardan tarkib topgani bilan ajralib turadi. Ijodiy merosidan eng ko‘p namunalar kiritilgan shoirlardan biri Muhammad Hasan devon Hoji Tabib o‘g‘li Mutrib Xonaxarobdir.
Maqolada Mutrib Xonaxarobning ustoz shoirlar Ogahiy hamda Feruz g‘azallariga bog‘lagan muxammaslari tahlil etilgan. Mutribning qo‘lyozma devon nusxalarida uchramaydigan muxammaslarining badiiy xususiyatlari o‘rganilgan. Unda shoir g‘azalining vazn, mazmun kabi qirralarni saqlashi va kiritgan yangiliklari, mazmundagi tadrijiylik rivojiga e’tibor qaratilgani birlamchi manbalar asosida dalillangan. Shoirning majmuaga kiritilgan muxammas hamda musaddaslari qo‘lyozma devonga ko‘chirilgan she’rlari bilan qiyoslanib, matnshunoslik hamda manbashunoslik aspektida o‘rganildi.

Downloads

Published

2023-05-12