Alisher Navoiy oshiqona gʻazallarining badiiy qurilishiga oid oʻziga xosliklar

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/FDFI6444

Authors

  • Husniddin Eshonqulov

Keywords:

oshiqona gʻazal, badiiy qurilish, soʻz takroriga asoslangan badiiy san’atlar, savol-javob, tardi aks, tavze’, musajja’ gʻazal, qofiyaga asoslangan badiiy san’atlar.

Abstract

Maqolada Alisher Navoiyning oshiqona gʻazallarining badiiy qurilishiga oid oʻziga xosliklar tahlillar asosida ochib berilgan. Unda ulugʻ shoirning soʻz takroriga aloqador tasviriy vositalar va qofiya sanʼatlaridan foydalanishdagi mahorati xususida so`z yuritiladi. Navoiyning Hofiz va Lutfiy singari buyuk salaflari gʻazallaridagi savol-javob uslubidan xabardor boʻlgani holda “Jong`a chun dermen…” gʻazalida oshiq va maʻshuqa orasidagi an’anaviy savol-javobni qahramonlararo savol-javob darajasiga ko`targani, gʻazalda poetik sujetga xos boshlanma, voqealar rivoji, keskinlashuvi, yechim va xulosa singari oʻziga xosliklarni badiiy kashf etgani muayyanlashtirilgan. Ulugʻ shoirning tardi aks san’atidan foydalanishdagi badiiy mahorati tahlil etilib, soʻz takroriga asoslangan bu kabi tasviriy vositalar yordamida oshiqona gʻazallarning oʻziga xos semantik-kompozitsion qurilishining hosil qilinishi tahlillar asosida ochib berilgan. Shuningdek, shoirning gʻazal baytlarida ichki qofiyani hosil qilish asosida ijod etilgan musajja’ gʻazallarining oʻziga xos xususiyatlari, ulardagi ichki qofiya va ichki radiflarning gʻazalning badiiy qurilishiga ta’siri hamda Navoiyning musajja’ gʻazallari faqat hazaj bahrida emas, rajaz va ramal bahrlarida ham bitilganligi tahlillar asosida ochib berilgan.

Downloads

Published

2023-05-12