Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni debochasi badiiyati

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/PXKA6837

Authors

  • Ilyos Ismoilov

Keywords:

Alisher Navoiy, Saddi Iskandariy, debocha, Iskandar, poetika, o‘zbek adabiyoti, mahorat.

Abstract

Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotini juda ko‘plab yangiliklar, tajribalar bilan boyitdi. Jumladan, ulug‘ shoir debochanavislik an’anasini obrazlar sistemasi, kompozitsiya, uslub, badiiyat va mazmun jihatdan yuksak darajaga ko‘tardi. Alisher Navoiy o‘z masnaviylari debochasida kitobxon nuqtayi nazari, o‘z kechinmalari, asar mazmuni va tasavvuf falsafasini mohirona uyg‘unlashtiradi. E’tiborlisi, bir masala va mavzuga bag‘ishlangan debochani har safar yangi-yangi badiiy manzara va poetik variatsiyalarda tasvirlay oladi.
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” masnaviysi debochasi tadqiq etilgan bo‘lib, unda shoirning
debochanavislik mahoratiga e’tibor qaratilgan. “Saddi Iskandariy” debochasi badiiyati, debochadagi sarlavhalarning bob hamda asar mazmuni bilan aloqasi, asar mohiyatini ochishdagi o‘rni tahlil etilgan. Navoiyning debochanavislik mahoratini ochib berishda qiyosiy-tarixiy metodga tayanilgan va Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma”si debochasi bilan qiyoslangan. Zarur xulosalar chiqarilgan.

Downloads

Published

2023-05-12