Areal lingvistikada takson tushunchasi talqini

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.1/ZPLY1401

Authors

  • Samixon Ashirboyev

Keywords:

areal, hudud, areal lingvistika, zona, lingvistik geografiya, takson, taksonomiya, taksonomik lingvistika, sistematika, takson turlari.

Abstract

O‘zbek tilshunosligining areal lingvistika yo‘nalishi o‘zining rivojlanish bosqichiga o‘tmoqda. Bu sohada A.Jo‘rayevning tadqiqoti metodologik vazifa bajarayotganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda areal lingvistika terminini tilga olmasdan shu muammoning ayrim xususiyatlari haqida fikr yuritilgan ishlar ham mavjud. Ushbu ishda areal lingvistikaning juz’iy masalasi, ya’ni lingvistik takson tushunchasi va uning o‘zbek areal lingvistikasida rivojlantirilishi masalasi yoritilgan. Maqolada taksonomik lingvistika, bu sohadagi ilmiy manbalar, uning lingvistik geografiyaga aloqadorligi, takson hodisasining mohiyati – uning geografik o‘rni, atrof til va shevalarning ta’siri, tarixiy rivojlanish xususiyati ochib berilgan. Shuningdek, takson tushunchasining mazmuni, unda taksonlarning ishtiroki, o‘zbek tili massivining taksonomik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Maqolada takson tushunchasining izoglossalar bilan bog‘liqligi va ularning tartibini belgilashi, har bir taksonni belgilashda uning geografik o‘rni, atrof tillar yoki atrof til (sheva) hodisalari bilan bog‘liqligi, shuningdek, har bir taksonning o‘z tarixiy rivojlanish xususiyati borligi asoslangan. Takson turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar turkiy tillar, o‘zbek tili, uning shevalari misollari asosida yoritilgan.

Downloads

Published

2023-05-12