“Turkiya kutubxonalaridagi Navoiy qo‘lyozmalari” katalogi va uning ilmiy qimmati

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.4/LCTG5048

Authors

  • Oysara Madaliyeva

Keywords:

katalog, qo‘lyozma, kulliyot, tavsif, devon, doston.

Abstract

1958-yili Turkiyada Ogah Sirri Levend (1897–1978) tomonidan Navoiy asarlari katalogi shakllantirildi. Katalogda Turkiya davlati fondlarida saqlanayotgan Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari nusxalari monografik tavsif qilingan. Katalog uch qism – so‘zboshi, tavsif va xulosadan iboratdir. So‘zboshi qismida Navoiy asarlarining qimmati, ularning adadi va qo‘lyozmalari xususida muhim tadqiqot amalga oshirilgan. Ushbu katalog bugungi kun navoiyshunosligi, xususan, uning matnshunoslik va manbashunoslik sohasi rivoji uchun muhim manba vazifasini o‘tab kelmoqda.

Downloads

Published

2023-05-13