Manbalarda futuvvat talqini

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.4/VOLT2212

Authors

  • Jasurbek Mahmudov

Keywords:

futuvvat, javonmard, anbiyolar, avliyolar, odob-axloq, mehmondo‘stlik, islom, tasavvuf, nazariya, amaliyot.

Abstract

Maqolada futuvvat tushunchasi zamiridadagi fazilatlarning ma’no ko‘lami xususida turli shaxslar hayoti va faoliyatiga asoslanib xulosa chiqarilgan. Ushbu maslakning zamiridagi bag‘rikenglik, ma’naviy yuksak qadriyatlarning tajassum topganligi manbalar asosida tushuntirib berilgan. Muallif o‘z nazariy qarashlarini asoslash uchun Ibrohim (a.s.) hayotidagi muhim voqealarni, ayni paytda, futuvvat yo‘lida sobit bo‘lgan Pahlavon Mahmud faoliyatiga oid muhim jihatlarni manbalarga tayanib tahlil qilgan. Futuvvatning, aslida, tasavvufiy axloq qoidalari va odob rusumlaridan oziqlanganligi, ya’ni islom dini va tasavvuf ta’limoti uning poydevorini mustahkam ushlab turgan asosiy omillardan ekanligi ko‘rsatilib, islom va tasavvuf axloq-odobi bilan mustahkamlangan ushbu maslakning hayotdagi muhim tarbiya maktabi hisoblanishi ta’kidlangan.

Downloads

Published

2023-05-13