Olmon adabiyotida salib yurishlariga oid tarixiy bitiklar (G.E.Lessing asarlari misolida)

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.4/PVDT3796

Authors

  • Alisher Mahmudov

Keywords:

salib yurishlari, tolerantlik, gumanizm, ma’rifatparvarlik, yahudiy, nasroniy va musulmonlar, hamkor-sherik.

Abstract

Maqolada XVII–XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropa adabiyoti, xususan, fransuz adabiyotida mavjud salib yurishlariga oid tarixiy ma’lumotlarning olmon adiblari ijodiga ta’siri o‘rganilgan. Salib yurishlari tasviri vositasida tolerantlik va gumanizm motivlarining talqin etilishi xususida fikr yuritilgan.
Mazkur davr ma’rifatparvarlari asarlaridagi asosiy g‘oya musulmonlar va nasroniylar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va totuvlik rishtalarini musrahkamlash hamda G‘arb va Sharq o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish edi. Olmon ma’rifatparvari Gotthold Efraim Lessing dramalarida yahudiy, nasroniy va musulmonlar raqiblar emas, balki bir-biriga hamkor-sherik sifatida tasvirlanadi.
Maqolada adibning bugun va kelajak oldida turgan, bartaraf etish zarur bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy masalalarga yechim topgani hamda dunyoda dinlararo va madaniyatlararo bag‘rikenglik, insonparvarlik g‘oyalarini kengroq targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shgani ilmiy asoslanadi.

Downloads

Published

2023-05-13