Me’roj na’tlarda qorong‘u kecha tasviri

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.4/YQUZ5891

Authors

  • Fayzulla Iskandarov

Keywords:

Me’roj, nabiy, qorong‘u kecha, tun, kunduz, yulduz, оy, samo, koinot, quyosh, mushk, hurlar, falak, shom.

Abstract

Musulmon xalqlar adabiyoti tarixida ming yillar davomida ijod ahli uchun ilhom manbayi bo‘lib kelayotgan mavzulardan biri – Meʼrojdir. Meʼroj – payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga Аlloh tomonidan berilgan buyuk mo‘jiza, boshqa biror payg‘ambarga nasib etmagan buyuk maqomdir. Аyni shu jihati bilan ham meʼroj voqeasi shoirlarni o‘ziga rom etgan. Ijodkorlar uchun nabiy madhi, uning buyukligi, yuksak sharafi va ulug‘ maqomi taʼrifini keltirish, avvalo, shoirlik burchi va ummatlik vazifasi bo‘lsa, ayni paytda, salaflarga munosib javob berish yo‘lidagi katta sinov maydoni ham edi. Buyuk salaflarining davomchisi o‘laroq Аlisher Navoiy ham o‘zining har bir asarida nabiy madhi, vasfi va u zot bilan bog‘liq voqea-hodisalarni, jumladan, meʼrojga alohida o‘rin ajratib, ushbu go‘zal voqeani maxsus badiiy talqin etadi.

Downloads

Published

2023-05-13