Rind, rindlik va rind timsoli etimologiyasi xususida

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.4/PWED6978

Authors

  • Oyjamol Boboqulova

Keywords:

rind, rindlik, timsol, etimologiya, may, tasavvuf, azal, istiloh.

Abstract

Maqolada adabiyotshunosligimizda kam o‘rganilgan rind va rindlik masalasi xususida fikr yuritilgan. Rind tabiatini ochib berishda muhim o‘rin tutgan may istilohi ildizlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Rind timsolining etimologiyasi hamda ushbu atamaning timsolga aylanishiga asos bo‘lgan omillar xususida mulohazalar bildirilgan. Sharq xalqlari ijtimoiy-madaniy hayotida muayyan o‘rin tutgan rindlikning tasavvufga oid nazariy manbalarda inson ma’naviy kamolotining muhim belgilarini mujassamlashtirgan faoliyat sifatida e’tirof etilishi aniqlangan. Rindlikni o‘rganishda tayanch tushunchalardan biri – may istilohidir. Rindona she’riyatda may majozan qo‘llangan timsolmi yoki uning moddiy asosi (mayning mast qiluvchi xususiyatlari) bilan aloqadorligi ham saqlanib qolganmi? Rind va rindlik mohiyatini anglashda bu ikki jihat o‘rtasidagi uyg‘unlikning o‘rni qanday? Muallifning ushbu masalalar xususidagi fikrlari rind va rindlik haqiqatini ochishga ko‘mak beradi.

Downloads

Published

2023-05-13