Alisher Navoiy ijodida “but” ramzi bilan bog‘liq irfoniy ma’nolar talqini

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/GSAV3867

Authors

  • Alisher Razzoqov

Keywords:

Alisher Navoiy, badiiy ijod, tasavvuf, timsol, ramz, but, butxona, zunnor, zohid.

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiy she’riyatidagi “but” istilohining tasavvufiy ramz sifatidagi bir qanacha ma’nolari o‘rganilgan. Dastlab ushbu so‘zning Alisher Navoiy ijodidagi birlamchi, ya’ni o‘z ma’nosida qo‘llanilishi dostonlaridan olingan parchalar hamda lirik asarlardagi, xususan, g‘azallari misolida tekshirilgan. Shundan so‘ng muallif ushbu so‘z-tushuncha – timsolning maxsus tasavvufiy istiloh sifatida o‘zlik, nafs, Haq sifatlarining namoyon bo‘lishi kabi ma’nolari badiiy ifodasini tahlil etgan. Timsol mohiyatini to‘laroq ochish uchun u bilan parallel qo‘llanilgan oshiq, orif, shayx, zunnor, Ka’ba, may, zohid kabi timsollar ham o‘rganilgan. Tasavvufiy istilohlarning ma’nolarini kengroq izohlash maqsadida, avvalo, Alisher Navoiyning o‘z ta’riflari, shuningdek, tasavvuf nazariyasiga doir manbalar hamda Sayyid Ja’far Sajjodiy, Sayyid Sodiq Guharin va Sulaymon Uludag‘ning maxsus lug‘atlariga, zamonaviy tadiqiqotlarga ham murojaat qilgan.

Downloads

Published

2023-05-15