Matn masʼuliyati va matnshunos majburiyati

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/HGEQ5572

Authors

  • Ozod Alimov

Keywords:

“Xamsat ul-mutahayyiriyn”, ilmiy-tanqidiy matn, tabdil, Аyshexan Deniz Аbik, Аbdulloh Roʼyin, shaybiya, malomatiya, qoʼlyozma, nashrlar.

Abstract

Аlisher Navoiy ilmiy merosini eski oʼzbek yozuvidan joriy alifbolarga tabdil qilish saviya va sifatini tubdan yangilash, hozir isteʼmoldan chiqqan soʼzlarni toʼgʼri anglash, baʼzi soʼz va diniy atamalarga izoh berish, asar tabdilini yangidan amalga oshirish matnshunoslik va adabiy manbashunoslik sohasining dolzarb muammolaridan biri boʼlib qolmoqda. Navoiy asarlarining soʼnggi nashrlari avvalgi nashrlardan uncha farq qilmaydi. Xorijiy nashrlar holati ham qoniqarli emas. Ushbu nashrlarda koʼplab nuqsonlarni koʼrish mumkin. Shu paytgacha mazkur nashrlardagi xato va kamchiliklar kompleks tahlil qilinmadi.
Maqolada Аlisher Navoiy “Xamsat ul-mutahayyiriyn” asarining mamlakatimiz va xorijda chop qilingan nashrlari haqida soʼz boradi. Mazkur nashrlarning oʼziga xos jihatlari bilan birga ularda yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar xususida asarning birlamchi qoʼlyozma manbalariga suyangan holda soʼz yuritilgan.

Downloads

Published

2023-05-15