“Latoyifnoma” va “Majolis un-nafois” asarlarining matniy tadqiqi

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/YTAT6412

Authors

  • Parviz Izzatillayev

Keywords:

Аlisher Navoiy, “Majolis un-nafois”, Faxriy Hiraviy, “Latoyifnoma”, qo‘lyozma, tarjima, matniy tadqiq, Tehron nashri, Toshkent nashri.

Abstract

Mazkur maqolada Аlisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi va uning forsiy tarjimasi – “Latoyifnoma” qiyoslab o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida tarjimon Faxriy Hiraviyning yutuq va kamchiliklari ishonchli manbalarga tayangan holda tahlil qilingan. Jumladan, boshqa tarjimonlardan ko‘ra Faxriy Hiraviyning asl matndan imkon darajasida uzoqlashmaslikka harakat qilgani misollar asosida isbotlangan. Tarjimonning yutuqlari bilan birga ba’zi xato va kamchiliklar xususida ham fikr yuritilib, asarning Toshkent nashri yordamida mazkur kamchiliklar bartaraf etilgan. “Tehron nashridagi ayrim bahsli o‘rinlarni Toshkent nashri yordamida bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berilgan.

Downloads

Published

2023-05-15