“G‘aroyib us-sig‘ar”devonidagi alif bilan tugallanuvchi hamd g‘azallarning matniy xususiyatlari (To‘pqopi, Parij va Dushanbe nusxalari asosida)

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/QNKQ8741

Authors

  • Akrom Malikov

Keywords:

devon, matn, qo‘lyozma, kulliyot, nusxa, qiyos, kotib, tanqidiy matn, hamd, g‘azal, maqta’, matla’, taxallus.

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi birinchi devon – “G‘aroyib us-sig‘ar” tarkibidagi “alif” harfi bilan tugallanuvchi hamd g‘azallarning matni tahlil qilingan. Devonning uch nusxasi – Dushanbe (№1990), Istanbul (Revan 808) va Parijda (Turc 317) saqlanayotgan qo‘lyozmalardagi matnlar qiyoslab o‘rganilgan. Shuningdek, Hamid Sulaymon tayyorlagan tanqidiy matnga ham murojaat qilingan. E’tiborli jihati, maqolada badiiy matn amaliy va nazariy matnshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqqa tortilgan. Muallif g‘azallarning ko‘chirilishi o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish bilan birga ularning mazmuniniga ham e’tibor qaratgan. Uch qo‘lyozmaning ikkitasiga kiritilgan, ammo bittasida uchramaydigan hamd g‘azal aniqlangan.

Downloads

Published

2023-05-15