Badiiy Andijoniy va uning “Tajnis ul-lug‘ot” asarlari haqida

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/UGUN8122

Authors

  • Jaloliddin Jo‘rayev

Keywords:

ilmi bade’, tajnis, lug‘at, qo‘lyozma manba, tarjima, izoh.

Abstract

Temuriylar davrida mumtoz adabiyot nazariyasiga doir forsiy va turkiy tillarda ko‘plab asarlari yaratilgani ma’lum. Asli Andijondan ketgan Yusuf Badiiy Andijoniyning “Tajnis ul-lug‘ot” asari ana shunday ilmiynazariy kitoblardan biridir. Tajnis san’atiga bag‘ishlangan mazkur kitob hali fanga to‘liq ma’lum emas. Maqolada O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Badiiy tomonidan tartib berilgan forsiy tildagi tajnislar lug‘ati haqida ilk bora ma’lumot berilgan. Asar sahifalarida muallif tomonidan uning nomlanishi ko‘rsatilmaganligi bois har xil nom bilan atalgan. Shu sababli lug‘at qo‘lyozmalari qayd varaqalarida “Tajnis ul-lug‘ot”, “Se lug‘oti Badiiy”, “Qasida dar halli lug‘ot”, “Salasa se lug‘at”, “Manzum dar bayoni lug‘ot”, “Nazm ul-salosa fillug‘ at”, “Nazm ul-salasot”, “Lug‘ot” nomlari bilan yozilgan. Maqolada ushbu manbaning qo‘lyozma nusxalari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, asarning forsiy tildan o‘zbek tiliga tarjimalari ham ilova qilingan.

Downloads

Published

2023-05-15