“Sabotul ojizin” sharhlari

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.2/DSRX5449

Authors

  • Rashid Zohid

Keywords:

matn, manba, davr, dunyoqarash, sharh, izoh, talqin, nasriy bayon.

Abstract

Mazkur maqolada So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asariga yozilgan sharhlari haqida ma’lumot beriladi. Ma’lumki, keng ilm ahli orasida mashhur bo‘lgan mazkur asarga o‘z davridan boshlab ko‘plab sharhlar bitilgan. Asar matni oddiy xalq uchun ham o‘qishli va tushunarli bo‘lishi uchun nasriy bayon qilingan, undagi chuqur tushunchalar ma’nosi izohlangan. Ular sirasidan “Risolayi Aziza” asari “Sabotul ojizin”ga yozilgan sharhlarning eng qadimiy va mo‘tabari hisoblanadi. Tojuddin Yolchiqul o‘g‘li baytlar sharhida muallif maqsadini aniq anglagan holda yondashadi. “Risolayi Aziza” yaratilishiga ko‘ra, asarning tili, undagi ifoda usuli muallif tushuncha va qarashlariga yaqinligi bilan qimmatli manba hisoblanadi. Maqolada asliyatdagi ma’noning sharhda qay darajada ochib berilgani va shorihning muayyan tushunchalarni anglatishdagi mahorati tahlil qilingan.

Downloads

Published

2023-05-15