Mavlono Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviyning yangi topilgan asarlari

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.2/MAFT9316

Authors

  • Bahriddin Umurzoqov

Keywords:

qo‘lyozma, manbashunoslik, “Sharhi Masnaviy” – “Lubbi lubob”, “Kitobi Ma’naviy fiy intixobi al-Masnaviy”, ‘Tuhfayi Xoniy” (“Xoniyga tuhfa”), “G‘azali Aliy Safiy”, “Devon” (G‘azallar to‘plami), e’tiqod, odob-axloq (etika), tasavvuf, irfon.

Abstract

Mazkur maqola, xususan, Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviy (vaf. 939/1532-1533)ning ilmiy-adabiy merosi, ijodkor yozgan asarlarning sanog'i, ulardan Aliy Safiy qalamiga tegishli bo'lmaganini ajratish hamda ota va o'g'il Koshifiylar asarlarining mualliflik masalasiga yanada aniqlik kiritish kabi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishidagi muhim masalalar tahliliga bag'ishgan.
Maqolada Faxruddin Aliy Safiyning shu kungacha fanga noma’lum bo‘lgan “Sharhi Masnaviy”, “G‘azali Aliy Safiy”, ‘Tuhfat ul-Xoniy” kabi bir nechta yangi asarlari qo‘lyozmalari haqida ma’lumotlar berilgan. Muallif Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviyning (vaf. 939/1532–1533) ilmiy-adabiy merosini o‘rganib chiqib, ulardan Aliy Safiy qalamiga tegishli bo‘lmaganlarini ajratish hamda ota-o‘g‘il Koshifiylar (Mavlono Husayn Voiz Koshifiy uning otasi bo‘lgan) asarlarining mualliflik masalasiga aniqlik kiritish kabi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishidagi muhim masalalarga e’tibor qaratgan.

Downloads

Published

2023-05-15