Shoir taxallusining nutq subyektiga munosabati (Alisher Navoiy g‘azallari misolida)

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.2/REDQ2489

Authors

  • Mardon Rahmatov

Keywords:

she’riy nutq, nutq subyekti, ichki nutq subyekti, tashqi nutq subyekti, nutq egasi, lirik qahramon, lirik subyekt, taxallus, onomastika.

Abstract

Maqolada nutq lingvistikasining markaziy kategoriyalaridan sanalgan nutq egasi/yaratuvchisi va uning (nutq) subyekti tahlil etiladi. Lirik asarlar lingvistik tahlilida mazkur kategoriyalarning she’riy matnda til belgilari yordamida shakllantirilishi, ularning o‘zaro birligi va farqli jihatlariga e’tibor qaratiladi. Sharq she’riyatida an’anaga muvofiq g‘azallar matniga maxsus kiritilgan taxalluslar va nutq subyekti har doim ham bir-birga muvofiq kelavermaydi, ko‘pincha ular orasida ma’lum farqlar, nomuvofiqliklar kuzatiladi. Nutq subyekti kategoriyasining nutq egasiga (shoirning taxallusiga) munosabati masalasiga oydinlik kiritish lirik matnning nutq strukturasi maqomini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

2023-05-15