Alisher Navoiy she’riyatida Xizr obrazi badiiy talqiniga doir

Authors

  • Usmon Qobilov

Keywords:

mumtoz she’riyat, Navoiy ijodi, badiiy obraz va detal, mifik syujet, talqin, ramziylik, Xizr timsoli, tasavvuf, tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiy she’riyatida keng tasvir etilgan Xizr obrazi badiiy talqinining ayrim jihatlari yoritiladi. Unda shoir lirikasida Xizr obrazi bajargan poetik vazifalar va obraz vositasida hosil etilgan badiiy manzaralar tahlil etiladi. Shu bilan birga Xizr obrazi talqini bilan bog‘liq badiiy detallarga ham e’tibor qaratiladi. O‘zbek va umuman Sharq adabiyoti olamini g‘oyaviy-badiiy jihatlardan bog‘laydigan bir qator syujet va obrazlardan biri ham Xizr timsoli sanaladi. Bu siymoning o‘zbek adabiyotida tasvir etilishi masalasi ham aynan mutafakkir ijodkor Alisher Navoiy ijodida o‘zining eng yuqori darajasiga ko‘tarilganligi ko‘rinadi. Shoir lirikasida tasvir etilgan Xizr obrazi talqini masalasi bu timsolning mumtoz adabiyotda tutgan o‘rnini ham belgilab beradi. Mazkur maqolada Alisher Navoiy lirikasida Xizr obrazi va u orqali ifoda etilgan masalalar mumtoz poetika jihatidan tadqiq etildi.

Downloads

Published

2023-10-05