“Hasht bihisht” va “Majolis un-nafois” asarlarining matniy tadqiqi

Authors

  • Parviz Izzatillayev

Keywords:

“Majolis un-nafois”, Qazviniy, “Hasht bihisht”, qo‘lyozma, tarjima, matniy tadqiq, Tehron nashri, Toshkent nashri.

Abstract

Mazkur maqolada Аlisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi va uning forsiy tarjimasi – “Hasht bihisht” o‘zaro solishtirib o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida tarjimon – Qazviniyning yutuq va kamchiliklari ishonchli manbalarga tayangan holda, birma-bir sanab o‘tilgan. Jumladan, Qazviniyning o‘z tarjimasi “Hasht bihisht”da Faxriy Hirotiy kabi “Majolis un-nafois” asarining asl turkiy matnini qanday berilgan bo‘lsa shundayligicha tarjima qilmay, tarjimaga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritgani, buning natijasida asl turkiy matndan ancha uzoqlashgani misollar keltirish, tahlil qilish yo‘li bilan isbotlab berilgan. Shu bilan birga tarjimon yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar ustida ham fikr yuritilib, asarning Toshkent nashri yordamida mazkur kamchiliklar bartaraf etilgan. Tehron nashrida yo‘l qo‘yilgan ayrim bahsli kamchiliklarni esa Toshkent nashri yordamida bartaraf etish bo’yicha yechimlar berilgan.

Downloads

Published

2023-10-05