Qаdimgi turkiy аsаrlаrdа mаtn ikki tilliligi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.1/ZKSR4193
Keywords:
qadimgi turkiy matnnavislik, ikki tilli matn, qadimgi turkiy adabiyot, adabiy aloqalarAbstract
Qadimgi turkiy adabiyot uzoq o‘tmishga ega. Undagi anʼanalar, matn
tuzish ko‘nikmasi ham qadim zamonlardan shakllanib kelgan. Ikki tilda asar
yaratish ko‘nikmasi turkiy matnnavislik tarixida qadimdan shakllangan
bo‘lib, ularning ilk namunalari islomdan avvalgi yozma yodgorliklar
orasida ko‘plab uchraydi. Bu davrga kelib, turkiy xalqlarning qo‘shni millat
va davlatlar bilan o‘zaro savdo va iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy aloqalari
kuchayib ketdi. Natijada adabiy matnlar ikki (hatto uch) tilda yaratila
boshlandi. Matn ikki tilliligi masalasi yerli aholining ikki tilda so‘zlashuvi
hamda tarjimachilik bilan bog‘liq. Ushbu maqola qadimgi turkiy adabiy
manbalardagi ikki tilli matnlar yaratish tahliliga bag‘ishlangan. Unda ikki
tilli matnlarning yaratilish sabablari, tuzilishi kabi masalalar oʻrganilgan.