Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-tturk” asarining o‘zbekcha o‘girmalaridagi ayrim yanglish ochiqlamalar to‘g‘risida

Авторы

  • G‘aybulla Boboyorov

Ключевые слова:

eski turkcha, Koshg‘ariy, so‘zlik, turkiy tillar, o‘girmalar, yondashuvlar, yanglishuvlar, tuzatishlar.

Аннотация

Maqolada XI yuzyillikda yashagan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” (Turkiy so‘zlar devoni) asarida tilga olingan bir necha eski turkcha so‘zlarning qanday o‘qilishiga to‘xtalib o‘tiladi. “Devon” shu choqqacha turk, o‘zbek, ingliz, qozoq, rus, uyg‘ur, fors, qirg‘iz tillariga o‘girilgan bo‘lib, ularning sezilarli bir bo‘lagida ayrim so‘zlar to‘g‘ri o‘qilmagani yoki noto‘g‘ri ochiqlamalar berilgani ko‘zga tashlanadi. Bu holat, ayniqsa, “Devon”ning o‘zbekcha, qozoqcha va uyg‘urcha o‘girmalarida birmuncha ko‘proq uchraydi. Bunday yanglish ochiqlamalarning negizida esa “Devon”ning qo‘lyozmasida ayrim so‘zlarda nuqta tushishi yoki o‘rin almashinuvi yotadi. Shuningdek, ayrim izlanuvchilar biror so‘zni ochiqlar ekan, asarning qo‘lyozmasiga emas, o‘zlaridan oldingi o‘girmalarga tayanishgani, bu esa ayrim chalkashliklar keltirib chiqargani anglashiladi.

Загрузки

Опубликован

2023-10-07

Выпуск

Раздел

Статьи