Mutrib Xonaxarob asarlari qo‘lyozmalarining ilmiy tavsifi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.3/UJWW8077
Keywords:
manba, matn, qo‘lyozma, tadqiq, inventar raqamAbstract
Maqolada XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida yashab ijod etgan
zullisonayn shoir — Muhammad Hasan Mutrib va uning lirik merosi
manbalari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, shoirning bizgacha yetib
kelgan merosi haqidagi ma’lumotlar jamlanib, ular matnshunoslik va
adabiy manbashunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Manbalar qiyosiy
o‘rganilib, mulohazalar ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
Asosiy e’tibor “Devoni Mutrib Xonaxarob” qo‘lyozmalarining
o‘rganilishi va bu devon qo‘lyozmalarining o‘xshash va farqli jihatlariga
qaratilgan. Turli manbalar — devonlar, bayozlar, tazkiralardagi shoir
biografiyasi va merosiga oid ma’lumotlar tavsif etilgan. Shoirning o‘z
devonida uchramaydigan lirik asarlari turli qo‘lyozma bayoz, tazkira,
toshbosma manbalar, shuningdek, vaqtli matbuot nashrlari