XIX asr oxiri XX asr boshlarida leksikografiya rivoji va unda “Lug‘oti salos”ning o‘rni
DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.1/VXSS9205
Keywords:
Temurnoma, Lug‘oti salos, leksikografiya, turkiy til, she’riy usul, Salohiddin ToshkandiyAbstract
Lug‘atshunoslik tilshunoslikning asosiy bo‘limlaridan biridir. Ushbu
maqola XIX asar oxiri — XX asr boshlarida Salohiddinxo‘ja Toshkandiy
tomonidan yaratilgan leksikografiyaga doir asar “Lug‘oti salos” haqida
bo‘lib, u arabcha, forscha va turkiycha lug‘at. Maqolada, asosan, quyidagi
masalalar yoritilgan: XIX asr lug‘atshunosligi haqida ma’lumot, “Lug‘oti
salos” haqida umumiy ma’lumot, Salohiddinxo‘ja Toshkandiy biografiyasi
haqida, asarning adabiy qimmatini, ahamiyatini yoritish, asarning
muqaddima qismi tahlili, asar hoshiyasi tadqiqi, asarning tarkibiy tuzilishi
bilan tanishtirish, asarning umumiy tahlili. Shunindek, maqolada “Lug‘oti
salos”ning lingvistik xususiyatlari, tilshunoslikdagi o‘rni, yozilish uslubi va
ilmiy-amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi.