Turkiy yozma yodgorliklar tilida ot-kesim va uning ifodalanishi

DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/OGEW6075

Authors

  • Qosimjon SODIQOV

Keywords:

turkiy yozma yodgorliklar, eski turkiy til, kisim, fe’lkesim, ot-kesim, bog‘lama

Abstract

Kesimning аn’anaviy grammatikada ot-kesim deb yuritilayotgan
turi nisbiydir. Chunki ot-kesimli gaplarning kesimi ot, sifat, son, olmosh
singari so‘zlar bilangina shakllanmaydi. Ularda biz kesim deb sanayotgan
ism guruhidagi so‘zlardan keyin mantiqan ta’kidni bildiruvchi turur~durur
(hozirgi o‘zbek tilida -dir) bog‘lamasi turadi. Ot-kesimli gaplarning
hammasida ham kesim o‘rnida mantiqan bog‘lama talab etiladi va bundayin
“оt-kesim”li gaplarning kesimi fe’lga qaytaveradi. Ular ot-kesim bo‘lgani
bilan, gap qurilishida har qachon ham mantiqan fe’lga zarurat tug‘iladi.
Gapda fe’ldan boshqa so‘zlarning kesim bo‘lib kela olishini nutq va
matn tuzish amaliyotidagi yuz yillar davomida kechgan tarixiy-lingvistik
takomil natijasi, desa bo‘ladi. Maqolada yozma yodgorliklar misolida otkesimli gaplar va ularning yuzaga kelish omillari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Published

2021-10-28