Huvaydoning yangi topilgan she’rlari

Авторы

  • Zilola Amonova
  • Munavvar Olimova

Ключевые слова:

matnshunoslik, qo‘lyozma, toshbosma, bayoz, g‘azal, munojot, devon, Qur’on, hadis, tasavvuf, tariqat, solik.

Аннотация

Xojanazar Huvaydo Qo‘qon adabiy muhitining yetuk namoyandasi va sohibdevon shoirdir. Uning lirik merosi devon holida nashr qilingan. Maqolada shoirning nashr etilgan devoni bilan Buxoro adabiyot va san’at muzeyida saqlanayotgan “Huvaydoyi Chimyoniy” deb nomlangan toshbosmasi o‘zaro qiyoslanildi. Shuningdek, ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan bir munojot g‘azali hamda Navoiy g‘azaliga bog‘langan bir musaddasi ilk marta e’lon qilinmoqda. G‘azal va musaddas matni eski o‘zbek yozuvidan joriy yozuvga o‘girilib g‘oyasi va badiiy xususiyatlari asosida tahlil qilindi. Tahlilda g‘azalning tasavvufiy mazmuniga maxsus e’tibor qaratildi.

Загрузки

Опубликован

2023-10-05

Выпуск

Раздел

Статьи